Реклама
Новые статьи
Nixoyat «top» klubda
Joriy yil transferlar oynasida bir qancha olamshumul voqeliklar kuzatildi. Jumladan, 80 mln. funt sterlingga 19 yoshli Antonii Martialning «Monako»dan «MYu» safiga qo'shilishi xech qaysi futbol muhlisining tushiga xam kirmagandi. Shu o'rinda, fransiyalik o'smir kabi bir qancha futbolchilar joriy mavsumda etakchi klublarda qo'nim topishganini takidlash lozim. Mazkur maqolada aynan shundaylar bilan tanishtirib o'tamiz.
11. Kevin Trapp - 6,6 mln. funt
Qaerdan: «Ayntraht» (Germaniya)
Qaerga: «PSJ» (Fransiya)
Yoshi: 25
Unchalik mashxur bo'lmagan germaniyalik posbon Kevin Trapp faoliyatini «Kayzerslautern»da boshlagandi. Keyinchalik, o'rtacha mavqega ega «Ayntraht» darvozasini 3 yil mustaxkam qo'riqladi va bu mavsum «PSJ»ning asosiy kiperiga aylandi. Yangi darvozabonning parijliklar safiga qo'shilishi boshqa bir kiper Salvatore Siriguning joriy mavsumdagi vaqtini ko'proq zahira o'rinio'ida o'tkazishidan darak bermoqda.
10. Fabian Delf - 8 mln. funt
Qaerdan: «Aston Villa» (Angliya)
Qaerga: «Manchester Siti» (Angliya)
Yoshi: 25
«Aston Villa» va Angliya terma jamoasi yarim ximoyachisini bu mavsum «Liverpul»ni tark etgan jamoa sardori Stiven Jerrard o'rnini bosishi kutilayotgandi, biroq u «Manchester Siti»ni tanladi. «Shaxarliklar» Delf transferi uchun bor-yo'o'i 8 million funt sarflashdi. Sterlingga 40 million, De Bryuynega sarflangan 70 mln. evro oldida bu summa unchalik ko'zga tashlanmasligi mumkin. Lekin, shunga qaramay, Pellegrini Delfning hizmatlaridan foydalanishini aytib o'tdi.
9. Nataniel Klayn – 12 mln. funt
Qaerdan: «Sautgempton» (Angliya)
Qaerga: «Liverpul» (Angliya)
Yoshi: 24
APLning eng ilo'or o'ng qanot ximoyachilaridan biri o'tgan mavsum «Sautgempton»da boshqalardan ajralib turdi va birdaniga Angliya termasi xamda «Liverpul»dan kutilmagan taklifni qabul qildi. Klaynga ajratilgan 12 million funt «Liverpul»ning boshqa haridlari oldida deyarli etiborga tashlanmaydigan narh bo'ldi.
8. Matteo Darmian – 12,6 mln. funt
Qaerdan: «Torino» (Italiya)
Qaerga: «Manchester Yunayted» (Angliya)
Yoshi: 25
Darmian transferining narzi Shvaynshtayger, Shnayderlin, Depay va Martialdan keyingi o'rinni band etdi. Matteo Darmian - xamma o'ylagan kabi yulduz futbolchi emas, shuningdek, u «MYu»da etakchi xam emas, lekin klubning sodiq muhlislari italiyalik ximoyachini chinakam qaxramon deb o'ylashmoqda. Italiya terma jamoasi ximoyachisi sotib olinganidan so'ng endilikda «qizil iblislar» chap qanot ximoyasida Antonio Valensiya emas, Matteo Darmian xarakatlanadi.
7. Abdul Raxman Baba - 14 mln. funt
Qaerdan: «Augsburg» (Germaniya)
Qaerga: «Chelsi» (Angliya)
Yoshi: 21
«Augsburg»ning ganalik ximoyachisi «Chelsi»ga 14 million funtga tushdi. Transfer summasi nisbatan u qadar katta emas. Bilamizki, «Chelsi» ximoyasi kuchli futbolchilardan tashkil topgan, APL va jaxon miqyosida xam o'z o'rniga ega boshqalardan mustaxkamligi bilan ajralib turadi. Shu sababli ganalik ximoyachi joriy mavsumni zahira o'rindio'ida kutish bilan o'tkazishi yoki boshqa bir klubdan ijara futbolchisi sifatida vaqtincha qo'nim topishi mumkin.
6. Memfis Depay - 19,25 mln. funt
Qaerdan: «PSV» (Niderlandiya)
Qaerga: «Manchester Yunayted» (Angliya)
Yoshi: 21
Memfis Depay 2014 yilda Braziliyada o'tgan jaxon chempionatida yaqqol ko'zga tashlangandi. Memfis «PSV» tarkibida xam o'tgan mavsum o'zini ajoyib tomondan ko'rsatdi, 30ta o'yinda maydonga tushib 22ta gol kiritdi. Gollandiyalik xujumchi o'tgan mavsumning o'zidayoq «MYu» taklifini qabul qildi va klubning 7-raqamli libosida xarakatlanmoqda.
5. Duglas Kosta – 21 mln. funt
Qaerdan: «Shahtyor» (Ukraina)
Qaerga: «Bavariya» (Germaniya)
Yoshi: 24
Ochig'ini aytganda, bu yozning eng tushunarsiz transferlaridan biri. «Bavariya» skautlari braziliyalik yarim ximoyachining «Shahtyor»dagi statistikasiga nazar tashlashganmidi? Duglas ko'rsatgan natija juda xam maqtanarli darajada emasdi-ku. Lekin, endilikda Pepe Gvardiola qo'lida «Bavariya»ga tez orada katta foydasi tegadigan noyob iqtidor soxibi mavjud.
4. Paulo Dibala – 22,4 mln. funt
Qaerdan: «Palermo» (Italiya)
Qaerga: «Yuventus» (Italiya)
Yoshi: 21
«Palermo»ning argentinalik xujumchisi vatandoshi Karlos Tevesning o'rnini bosish uchun «Yuventus»dan taklif oldi. Mutahassislar Dibaladagi yuqori iqtidor xaqida avvaldan gapirib kelishardi. 21 yoshli xujumchi joriy mavsum yangi klubi safida gol urishni xam uddasidan chiqdi. To'o'ri, bu gol «Yuve»ga katta yordam bermagan bo'lishi mumkin. Turinliklar «A» seriyada 3-turdan keyin 1 ochko jamlagan xolda 16-o'rinni band etib turishibdi.
3. Morgan Shnayderlin – 24,5 mln. funt
Qaerdan: «Sautgempton» (Angliya)
Qaerga: «Manchester Yunayted» (Angliya)
Yoshi: 26
Morgan Shnayderlin - APLning o'tgan mavsumdagi ajoyib kashfiyotlaridan biri. Fransiyalik tayanch yarim ximoyachi «Sautgempton»dagi fantastik xarakatlari bilan Lui Van Gaalning etiborini qozondi va joriy mavsum «Old Trafford»ga yo'l oldi. Morganning Bastian Shvaynshtayger bilan maydon markazida olib boradigan tashviqotlari yanada qiziqarliroq ko'rinishi tabiiy.
2. Kristian Benteke - 32,5 mln. funt
Qaerdan: «Aston Villa» (Angliya)
Qaerga: «Liverpul» (Angliya)
Yoshi: 24
Belgiyalik forvard ikki yil avvalroq «Aston Villa»ni tark etib, etakchi jamoaning zahira o'yinchisiga aylanishi mumkin edi. Lekin, u klub tanlashda shoshilmadi. Mazkur mavsum Bentekening «Liverpul»ga o'tishi xujumchi xayotida katta bir qadam bo'ldi. «Liverpul» o'ziga to'purarlik maxorati etarli xujumchi izlab ko'rishi kerak edi va uni topdi. Bentekega 30 million funtdan ortiqroq mablao' sarflagan xolda sotib oldi. Hatto, «qizillar» o'z vaqtida Luis Suares uchun xam shuncha pul to'lashmagandi.
1. Antoni Martial – 40 (+40) mln. funt
Qaerdan: «Monako» (Fransiya)
Qaerga: «Manchester Yunayted» (Angliya)
Yoshi: 19
Transfer mavsumi ohirgi kunlarida «Manchester Yunayted» klubi vakillari chuqur o'ylanishdi. Klubga sovuqqon xujumchini topish klub skautlaridan anchagina mexnat talab etdi. «Qizil iblislar» «Monako» tarkibida 40ta o'yinda ishtirok etib, bor-yo'o'i 11ta gol urgan 19 yoshli o'smirni 50 million funtga sotib olishdi. Tanqidlarga uchragan Lui Van Gaal «Liverpul» bilan o'yinda unga imkoniyat yaratib berdi va fransiyalik xujumchining debyuti omadli chiqib, maydondan kiyinish xonasiga boshini baland ko'targan xolda yo'l oldi. A.Eshonhonov tayyorladi Manba: Footballhd.ru
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.29 sen 2015

Комментарии (0)
Популярные музыки
Популярные клипы
Реклама
Связаться с нами
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
О нас
Правила
О рекламе
Отправить сообщение
Правила
О рекламе
Отправить сообщение