Реклама
Новые статьи
Navoiyda xavas qilsa arzigulik maydon
.jpg)
Ammo barpo etilayotgan stadionlarning barchasida yashil maydonning xolati maqtagulik emas. Bu borada poytahtimizdagi “Lokomotiv”, Toshkent temiryo'l muxandislari instituti, “Pahtakor” kabi barmoq bilan sanoqli stadionlar futbol maydoni murabbiylar va futbolchilar etirofiga sazovor, albatta.
Habaringiz bor, “Qizilqum” jamoasi uy uchrashuvlarini 2014 yilning 2 mayidan boshlab Navoiyda barpo etilgan “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazib kelayotgan edi. Ammo ohirgi paytlarda ushbu sport inshooti futbol maydonining xolati mutahassislar etiroziga sabab bo'layotgandi.
Albatta, zamonaviy muxtasham stadionda maydon xam shunga munosib bo'lishi lozim. O'z oldiga kelajakda raqobatbardosh, kuchli jamoani shakllantirishni bosh maqsad qilib qo'ygan Navoiy viloyat xokimligi, viloyat futbol federasiyasi bu borada etiborli ishga qo'l urdi.
Amaldagi mavsumning birinchi davra uchrashuvlari yakunlangach, shahsan viloyat xokimligi xamda viloyat futbol federasiyasi tashabbusi bilan “Yoshlar” sport majmuasi futbol maydoni chimini almashtirishga kirishilgandi.
Maxalliy homiylar ko'magida uch oyda davomida keng ko'lamli bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishni amalga oshirish koreyalik mutahassislar zimmasiga yuklatildi. Poytahtimizda “Lokomotiv” xamda TTYMI stadionlari uchun yashil maydon barpo etib bergan IP OOO “RITA IVESTMENT” korhonasi mutahassislari futbol maydoni chimini to'liq qayta barpo etish ishlarini boshlab yubordi.
Bugun “Yoshlar” sort majmuasida ishlar nixoyasiga etay deb qoldi. Bugun stadionga kelgan kishining amalga oshirilgan keng ko'lamli yumushlarni ko'rib baxri dili ochilishi shubxasiz.
- Reja bo'yicha stadion futbol maydoni sentyabr oyining ohirgi o'n kunligida tayyor bo'lishi lozim edi, - deydi IP OOO “RITA IVESTMENT” korhonasi vakili Igor Li. - Buning uddasidan chiqdik. Yashil maysalar deyarli futbol o'ynash uchun tayyor xolatga keltirildi. Ammo kelajakni o'ylagan “Qizilqum” PFK raxbariyati bu maydonda yangi mavsumdan boshlab uchrashuvlarni o'tkazishni maqul topdi. Shu bois, shoshmasdan maydonni obdon baxslarga xozirlayapmiz.
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.29 sen 2015
Комментарии (0)
Популярные музыки
Популярные клипы
Реклама
Связаться с нами
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
О нас
Правила
О рекламе
Отправить сообщение
Правила
О рекламе
Отправить сообщение