Реклама
Новые статьи
Andijonda tashkil etilgan maxallalar o'rtasida futbol turniri
Yurtimizning boshqa joylarida qanday ekan bilmadim, lekin Andijonda ko'pchilik bo'lib bir ishga qo'l urilsa, albatta barcha jixatlarni ko'ngildagidek tashkil etishga xarakat qilishadi.
Andijon tumanidagi Qo'nji qishlog'i axlini tom manodagi - futbolsevarlar qishlog'i deb atasam hato bo'lmasa kerak. Qarangki, mana shu xududdagi barcha maxalla va ko'chaning o'z futbol jamoasi bor ekan.
“Qo'nji” qishlog'i madaniyat va axoli dam olish maskani qoshidagi Do'stlik maxallasida tadbirkor Iskandar Ismoilov tomonidan qurilgan mini-futbol stadioni xavas qilsa arziydigan sharoitlarga ega.
Bu yil qo'njiliklar mana shu sport inshootida beshta musobaqa o'tkazishibdi. Malumki, xar qanday tadbir o'z-o'zidan bo'lavermaydi. Lekin, xamjixatlik bor joyda muammolarni xal qilish chikora. Kichik turnirlarga maxalla faollari xamda fermer xo'jaligi raxbarlari xomiylikka doim tayyor.
Maxalla faollaridan biri, o'zi iqtisodchi bo'lsada futbol ishqibozi Akmaljon Olimov men bilan bog'lanib, Do'stlik maxallasida bo'lib o'tadigan turnirning final o'yiniga taklif qildi.
Musobaqaning tashkil etilishiga bosh qo'shgan Andijon tuman madaniyat va sport ishlari bo'limi, maxalla yig'ini mutasaddilari va faolarining sayi-xarakatlarini ko'rib, to'g'risi xayron qolmay iloj yo'q.
Bu yilgi musobaqa bosqichma-bosqich uch oy davom etibdi. O'yingox mamuriy binosiga jamoalar nomi bilan turnir jadvali xam ilib qo'yilgan. Har bir jamoa o'yinchisi tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, tegishli xujjatlarni taqdim etganidan so'ng maydonga tushishga ruhsat olishi menga nufuzli musobaqalar reglamentini eslatgani xam bor gap. Qisqasi, qo'njiliklar xar mavsumda maxalla va ko'chalarning 16 jamoasi o'rtasida aloxida chempionat o'tkazishar ekan.
O'yingox atrofini to'ldirib o'tirgan muhlislarni aytmaysizmi?! Ex-xe, stadion atrofida tumonat odam. Baxslar kechki soat ettilardan so'ng boshlanadi. Shu o'rinda o'yingoxni sifatli nur taratuvchi yoritgichlar bilan taminlanganini xam aloxida aytib o'tay.
Uchrashuvlarni yuqori saviyada o'tishiga qishloq madaniyat va axoli dam olish maskani raxbari Oybek Yusupov, maxalla faollari Anvarbek Berdiev va Akmaljon Olimovlar bosh-qosh.
Tomoshabinlar xayqiriqlari fayz berib turgan yosh yigitlar o'rtasidagi baxsni ko'rib, yurtimizda ko'plab iqtidor egalari etishib chiqayotganiga guvox bo'ldik. Keskin o'tgan bu yilgi musobaqalar yakuniga ko'ra o'n olti jamoa o'rtasida birinchi o'rinni 15 o'yinda 36 ochko jamg'arib - “Norinboy” maxalla jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda “Do'ngmaxalla” va “Gulshan” futbolchilari egallashdi.
Taqdirlash marosimida o'zini o'yinda ko'rsatgan aloxida ko'rsatkichlari uchun mukofotlangan nominasiya egalari maydonga “Andijon polkasi”ga o'yinga tushib chiqdilar. Bu turnir emas - huddi bayram, sayilga o'xshaydi. Yakunda sovrinli o'rinni egallagan jamoalarga mutasaddi tashkilot va xomiylar tomonidan esdalik sovg'alari, g'olib “Norinboy” futbolchilariga esa kubok topshirildi.
Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini samarali olib borayotgan Andijon tumani axliga kelgusi ishlarida omadlar tilab qolamiz. Elmurod ERMATOV, Andijon
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.28 sen 2015

Комментарии (0)
Популярные музыки
Популярные клипы
Реклама
Связаться с нами
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
О нас
Правила
О рекламе
Отправить сообщение
Правила
О рекламе
Отправить сообщение