Реклама
Новые статьи
Angliya Premer-ligasi «pochinlari»: Harri Keyndan – Ueyn Runigacha (Zoxid Akramov blogi)
Habaringiz bor, shanba kuni Angliya Premer-ligasi 7-turiga start berildi. Mazkur tur “Tottenhem” – “Man Siti” uchrashuvi bilan boshlandi. “Shporalar” ushbu o'yinda 4:1 xisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Etiborlisi, o'tgan mavsumda “Tottenhem” to'purari bo'lgan Harri Keyn “Man Siti”ga qarshi uchrashuvga qadar joriy mavsumda Premer-ligada xali gol kiritmagan edi. Aynan kechagi o'yinda xujumchi golsiz seriyasiga barxam berdi. Umuman olganla, 7-tur bir qator yulzudlar uchun omadli keldi va ular golli “pochinlari”ni boshlab olishdi.
Harri Keyn (“Tottenhem”)
O'yinning 61 daqiqasida angliyalik xujumchi Kristian Eriksenning jarima zarbasidan so'ng darvoza to'siniga tegib qaytgan to'piga aniq zarba yo'lladi va mavsumdagi ilk golini kiritdi. Takidlash kerakki, Harri Keyn may oyidan buyon Premer-ligada to'p kiritmagan edi.
Ueyn Runi (“Manchester Yunayted”)
“Qizil iblislar” sardori Ueyn Runi o'zining 7-turga kelibgina golsiz seriyasiga barxam berdi. Runi “Sanderlend” bilan o'yinda (3:0) o'zining 999 daqiqadan iborat golsiz seriyasiga yakun yasashga erishdi. Uchrashuvning 46 daqiqasida Antoni Maritalning uzatmasidan so'ng angliyalik futbolchi gol kiritib, klub safidagi gollar sonini 171 taga etkazdi. Ushbu natija bilan Ueyn Runi “MYu” safida xarakat qilgan afsonaviy Denis Louga tenglashib oldi. 30 yoshli xujumchi APL doirasida so'nggi bor 4 aprelda, “Aston Villa” darvozasiga gol urgandi.
Memfis Depay (“Manchester Yunayted”)
"Manchester Yunayted"ning umidli yulduzlaridan biri Memfis Depay nixoyat Premer-ligada dastlabki golini kiritdi. Ueyn Runi singari gollandiyalik xujumchi "Sanderlend" bilan o'yinda (3:0) "pochin" qildi. Bundan avval Memfis Depay o'rtoqlik uchrashuvlarida xamda EChL doirasidagi uchrashuvlarda gol kiritishga muvaffaq bo'lgandi.
Davomi Zoxid Akramov blogida.
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.28 sen 2015

Комментарии (0)
Популярные музыки
Популярные клипы
Реклама
Связаться с нами
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
О нас
Правила
О рекламе
Отправить сообщение
Правила
О рекламе
Отправить сообщение