Реклама
Новые статьи
Shodlik Yusupov: Maqsadim oliy ligada to'p tepish
O'tkir Holiqov boshchiligidagi Qarshining ”Olimpiya”jamoasi safida bir qator kelajagi porloq o'yinchilar to'p tepishadi, jumladan Horazmlik Shodlik Yusupov, Surhondaryolik Jamol Qambarov, Rustam Choriev kabi istedodli futbolchilar faoliyat yuritishmoqda.
Ularning xammasi Qarshi shaxridagi “Olimpiya” zaxiralari kollejining talabalari xisoblanishadi. Ushbu yosh futbolchilar qarshiliklar tarkibini sezilarli darajada kuchaytirishmoqda desak, mubolag'a bo'lmaydi. Hozirgacha bo'lib o'tgan 15 turdan so'ng Holiqov shogirdlari yuz foizli natijani qayd etib , turnir jadvalining yuqori pog'onalaridan birini egallab turishibdi. Jamoa sardori Horazmlik Shodlik Yusupov bilan bo'lgan suxbatimiz ancha samimiy kechdi.
– Shodlik avvalo o'zingiz xaqingizda gapirib o'tsangiz?
– Men 1996 yilning 17 dekabrida Horazm viloyati Qo'shko'pir tumanida tavallud topganman. Maxallada tengdoshlarim qatori ko'cha changitib koptok tepardik. 14 yoshimdan tumanimizdagi 3-sonli Mirzo Ulug'bek nomli maktabda darsdan keyin futbol tugaragiga muntazam qatnashardim. Kunlarning birida Urganchda hotira turniri o'tkazildi, ushbu musobaqada maktabimiz jamoasi chiroyli o'yinlar ko'rsatib sovrindorlar qatoridan joy oldiishdi. Turnirda Urganch futbol internati murabbiylari eng yahshi o'yin namoyish etgan bolalarni xam saralayotgan ekan. Musobaqa so'nggida ustozimiz menga jamoamizdan faqat meni tanlashganinin aytdilar. Shunda hursandchiligim ichimga sig'may o'ydagilarga habarni etkazishga oshiqdim. Ota-onam futbol internatida o'qishimga rozilik berishdi.
– Qarshiga kelishingiz qanday bo'ldi?
– Urganch futbol internatida menga futbolning sir-asrorlarini murabbiyim Umrbek Yoqubov katta ishtiyoq bilan o'rgatardi. Ustozimiz men va etti nafar jamoadoshlarimni “Nasaf” futbol maktabiga ko'rikka olib keldilar. Ko'rikda 1996 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruxiga faqat ikki kishigina muvaffaqiyatli o'tdik. “Nasaf” futbol maktabida Evgeniy Smirnov qo'l ostida bir yil shug'ullandim. Akademiya safida tayyorlov guruxlari o'rtasida mamlakat birinchiligida ishtirok etib, finalda “Pahtakor-96” jamoasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berganmiz va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgandik.
– “Olimpiya “ jamoasi safida qanday paydo bo'ldingiz?
– 2011-2012 o'quv yilida Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji futbol bo'limiga qabul qilindim. Ushbu dargoxga mendan tashqari ayrim jamoadoshlarim xam talaba bo'lishga muyassar bo'lishdi. “Olimpiya” jamoasi safida viloyat ikkinchi ligasida ilk bor ishtirok etib, mavsumda ikkinchi liganing “Eng yosh futbolchisi” nominasiyasini qo'lga kiritdim. 2014 yili kollej talabalari o'rtasida Namangan viloyatida “Barkamol avlod” Respublika musobaqasida Qashqadaryo viloyati terma jamoasi safida ishtirok etib, fahrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdik.
– Sizni yaqinda Toshkentning “Lokomotiv-BFK” jamoasi ko'rikdan o'tkazganligi xaqida habar tarqalgandi?
– Ikkinchi liga birinchi davra yakuniga etgandan so'ng, tanaffus payti bir xafta “Lokomotiv –BFK” jamoasida ko'rikda bo'ldim, jamoa murabbiylariga o'yinim maqul keldi, lekin bir masalada biz kelisha olmadik va ortga qaytdim.
– Qanday masalada kelisha olmadingiz?
– Sir bo'la qolsin (kuladi).
– Shodlik sizni qachon oliy ligamiz jamoalari safida ko'ramiz?
– Nasib bo'lsa, kelasi yil boshidan voxaning oliy ligada ishtirok etayotgan biror klubi o'rinbosarlari safida kuchimni sinab ko'rmoqchiman.
– Bir necha yillardan buyon viloyatimiz ikkinchi ligasida “Olimpiya” jamoasi tarkibida to'p surasiz, bu jamoa xaqida nima deya olasiz?
– “Olimpiya” jamoasi viloyatda o'z nufuziga ega, xar mavsumda jamoa ikkinchi ligada munosib ishtirok etib sovrindorlar qatoridan joy oladi. Umid qilamanki, bu anana davom etaveradi. Shuningdek jamoamizning yorqin o'yin namoyish etishida bosh murabbiy O'tkir Holiqovning salmoqli mexnatlari bor. “Olimpiya” jamoasi safida o'ynab keyin oliy va birinchi ligalarda munosib to'p surayotgan futbolchilar ko'pchilikni tashkil etadi. Bular “Sho'rtan” jamoasi asosiy tarkibidagi Umar Eshmurodov, Olim Karimov. O'rinbosarlar tarkibidagi Umrzoq Ergashov, Temur Komiljonov, Talat Nurillaev, “Mashal” jamoasi asosiy tarkibidagi Humoyun Murtozaev, o'rinbosarlari safidagi Bekzod Raxmanov kabi futbolchilardir.
– Bu yil jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
– Jamoa xar mavsum chempionlik uchun kurashadi so'nggi turlarda xam ochko yuqotmaslikka xarakat qilamiz, mavsum ohirigacha kurash olib boramiz. Albatta maqsadimiz sovrindor bo'lish.
– Shodlik samimiy suxbat uchun raxmat, voha.uz sayti o'quvchilariga qanday tilaklaringiz bor?
– Voxa futboli ishqibozlarining va futbolchilarining sevimli saytlaridan biriga aylanib borayotgan voha.uz sayti o'quvchilariga xam, sayt ijodkorlariga avvalo sog'lik tilayman. Viloyat ikkinchi ligasiga etiborlaringizning o'zi taxsinga sazovor. Saytning o'quvchilari kundan-kunga ko'payaversin. Voxa futbolining rivoji oshaversin. Suxbatni Fahriddin ChORIEV olib bordi
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.28 sen 2015

Комментарии (0)
Популярные музыки
Популярные клипы
Реклама
Связаться с нами
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
Kamoliddin Usmonov
uzmuz.tv@mail.ru
+998 (94) 3987373
О нас
Правила
О рекламе
Отправить сообщение
Правила
О рекламе
Отправить сообщение