Dortmundning “Borussiya” klubi yarim ximoyachisi Marko Roysa jaroxati kutilganidan ancha jiddiy chiqdi. Bild nashrining malumotiga ko'ra, 27 yoshli futbolchi to'rt oy maydonga tusha olmasligi mumkin. Yaqin olti xafta davomida Roysga xar qanday mashg'ulotlar taqiqlangan. Roys “Borussiya”ning 4 iyulda boshlanadigan yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini o'tkazib yuboradi va 26 avgust kuni bo'lib o'tadigan yangi mavsumdagi ilk o'yinga xam sog'aymaydi. “Marko uchun bu ayanchli xodisa. U o'z vaqtida 2014 yilgi Jaxon chempionatini xam o'tkazib yuborgandi. Tez orada Roys safga qaytadi, degan umiddamiz”, - deydi “Borussiya” sport direktori Mihael Sork.
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.3 iyun 2016