Desayi: Mourinyu «Manchester Yunayted»da ishlashni xamisha istagan
«Chelsi» klubi sobiq futbolchisi Marsel Desayi portugaliyalik mutahassis Joze Mourinyuning «Manchester Yunayted»ga bosh murabbiy etib tayinlanishiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
«Bir safar Joze bilan Meksikadagi konferensiyada birga ishtirok etganmiz. U o'shanda Angliyada ishlash niyati borligini, biroq «Chelsi»ga emas, balki «MYu»ga o'tishni orzu qilayotganini aytgan edi. Joze butun faoliyati davomida «Manchester Yunayted»ni xurmat qilgan. Lui van Gaal allaqachon 200 million evroni yo'qotdi, Mourinyu yana 250 million sarflaydi. Bu fantastik jamoa bo'ladi, bunga ishonchim komil», – dedi Desayi.
Joriy mavsumda «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida beshinchi o'rin bilan kifoyalandi.
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.3 iyun 2016