Krishtianu Ronaldu haqidagi film 9-noyabrda ekranlarga chiqadi
Universal kinostudiyasining Portugaliya terma jamoasi va “Real” (Madrid) o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu to‘g‘risidagi filmi 2015-yil 9-noyabrda ekranlarga chiqadi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda. Foto: “Sovsport. ru” “Film 14 oydan ziyod vaqt davomida suratga olindi. Unda tomoshabin Ronaldu hayotining barcha tafsilotlariga guvoh bo‘ladi. Bu futboldagi eng taniqli insonlardan biri haqida ilk rasmiy, to‘liq ruxsat berilgan film”, — deya ta’rif beriladi mazkur kartina rasmiy saytida.
- deya xabar beradi Daryo internet nashri.29 sen 2015