«Bunyodkor» Shotlandiyaning «Seltik» klubi bilan muzokara olib bormoqda
Bu yil Toshkentning "Bunyodkor" klubi tashkil etilganiga 10 yil to'ldi. Shu munosabat bilan "qaldirg'ochlar" o'z muhlislariga o'ziga hos sovg'a tayyorlashni rejalashtirgan.
Klub matbuot hizmati bilan bog'langanimizda, toshkentliklar noyabr oyida Shotlandiyaning "Seltik" klubi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi. Ayni kunlarda mazkur klub bilan muzokara ishlari olib borilmoqda.
Bu boradagi rasmiy malumot bir-necha kun ichida elon qilinishi kutilmoqda.
Malumot o'rnida aytish joizki, "Bunyodkor" klubi 10 yil ichida besh karra O'zbekiston chempionligini, to'rt bor mamlakat kubogi, bir marta Superkubokni qo'lga kiritgan. Ikki bor Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borgan. "Seltik" esa 46 karra mamlakat chempionati, 36 marta kubokni qo'lga kiritgan. 1966/67 yilgi mavsumda Evropa chempionlar kubogi soxibi bo'lgan.
- deya xabar beradi Uff.uz internet nashri.28 sen 2015